NAII Awards 2025 natijalari
NAIl Awards 2025: Toshkentda O‘zbekiston kapital bozori ishtirokchilarining eng yaxshilari taqdirlandi
Toshkent shahrida Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan NAIl Awards 2025 taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan panel sessiyasi ham tashkil etildi.
NAIl Awards 2025 g‘oliblari:
Eng yaxshi korporativ boshqaruv – АО «УЗРТСБ»
Kapitalizatsiya o‘sishi bo‘yicha yetakchi – Hamkor Bank ATB
Eng yaxshi obligatsiya emitenti – ООО «Biznes Finans Mikromoliya Tashkiloti» MChJ
Obligatsiyalar bozoridagi eng yaxshi anderrayter – Freedom Finance
Kapital bozori bo‘yicha eng yaxshi tahlil – Avesta Investment Group
Qo‘shilish va qo‘shib olishlar (M&A) bo‘yicha eng yaxshi investitsion maslahatchi – Portfolio Investments
Korporativ boshqaruv bo‘yicha eng yaxshi maslahatchi – Premium Finance
Chakana investorlar uchun eng yaxshi brokerlik depoziti – Kapital Depozit
Institutsional investorlar uchun eng yaxshi broker – Leader Finance Capital
Eng yaxshi mintaqaviy broker – HBCapital
Kapital bozori uchun eng yaxshi IT-yechim – UZCSD
Qo‘shilish va qo‘shib olishlar hamda investitsiyalar sohasidagi yil bitimi – TBC Bank Group (BILZ)
Kapital bozorini yoritish bo‘yicha eng yaxshi media hamkor – Alkes
Kapital bozori bo‘yicha eng yaxshi akademik hamkor – British Management University
ESG yo‘nalishida kapital bozori yetakchisi – АО «O‘zbektelekom»
G‘oliblarni tabriklaymiz va O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiramiz.