So‘mdagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari pasayishda davom etmoqda.
Aprel oyida milliy valyutadagi muddatli omonatlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 17,4%ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 foiz bandga past. Shu bilan birga, inflyatsiyaning sekinlashuvi fonida depozitlarning real daromadliligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
📌 Valyutadagi depozitlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 4,1% gacha pasaydi.
📌 So‘mdagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 19,7% darajasida saqlanib qoldi.
📌 Valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 10,2% gacha oshdi.
Bu aksiyalar va obligatsiyalarga e’tibor qaratish uchun yana bir sababdir: ular yuqoriroq tavakkalchilik darajasiga ega bo‘lsa-da, an’anaviy bank omonatlariga nisbatan yuqoriroq daromadlilik salohiyatini taklif qilishi mumkin.