Assotsiatsiya haqida
Investitsiya institutlarining milliy assotsiatsiyasi (NAII) 2021-yil 15-yanvarda bo‘lib o‘tgan assotsiatsiya ta’sischi-a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan tashkil etilgan. 2021-yil 10-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilot — yuridik shaxslar birlashmasi sifatida ro‘yxatga olingan.
NAII o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Fuqarolik kodeksiga, amaldagi qonun va ulardagi hujjatlarga, shuningdek, o‘z ustaviga amal qiladi.
Faoliyatning asosiy yo‘nalish va ustuvorliklari
-
NAII a’zolarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlaridagi huquqiy va qonuniy manfaatlarini mamlakat ichkarisi va tashqarisida himoya qilish.
-
O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda ishtirok etish.
-
Uyushma a’zolarini sohadagi yangiliklar va tahliliy materiallar singari axborot bilan ta’minlash.
-
Moliya bozorining normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish va takomillashtirishda davlat organlari bilan hamkorlik qilish.
-
Kapital bozorining professional ishtirokchilarining samaradorligini oshirish maqsadida uslubiy va texnik qo‘llab-quvvatlash.
-
Investitsiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish.
-
Kapital bozori ishtirokchilarining ish sharoitlarini yaxshilash uchun regulyatorlar bilan hamkorlik qilish.
-
Sog‘lom raqobat muhitini yaratish va investorlarning bozorga bo‘lgan ishonchini oshirishga ko‘maklashish.
-
Kapital bozorida axborotning shaffofligi va o‘z vaqtida oshkor etilishini ta’minlash.
-
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish va NAII a’zolarining xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik o’rnatishiga ko‘maklashish.
NAII faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
-
Assotsiatsiya a’zolari faoliyatiga kapital bozori tamoyillari va standartlarini joriy etishda ko‘maklashish.
-
Davlat organlari uchun moliya bozorini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
-
Kapital bozori sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va moslashtirish.
-
Seminar, konferensiya, davra suhbatlari, tanlov va boshqa professional tadbirlarni tashkil etish.
-
Metodik materiallar, broshyuralar, tahliliy va ilmiy-texnik nashrlarni tayyorlash va chop etish.
-
Assotsiatsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlari va kurslarni o‘tkazish.
-
Moliya bozorining boshqa ishtirokchilari va birlashmalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
Xalqaro hamkorlik
NAII Osiyo-Tinch okeani mintaqasi fond bozorining yetakchi nodavlat va notijorat tuzilmalarini birlashtirgan Asia Securities Forum (ASF) xalqaro tashkilotining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi. ASF tajriba almashish, transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
NAII, shuningdek, O‘zbekiston, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Shveysariyaning davlat va xususiy sektorlari o‘rtasidagi muloqot platformasi — Yevropa va O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) tarkibiga kiradi. EUROUZ’da ishtirok etish Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Maqsad va vazifalari
Vazifalarimiz
01
Investitsiya bozori ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalash va himoya qilish
Investitsiya institutlarining umumiy ovozi sifatida ishtirok etish, regulyatorlar va boshqa asosiy manfaatdor tomonlar bilan muloqotda ularning manfaatlarini himoya qilish.
02
Kasbiy darajani oshirish va moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish
Kasbiy faoliyat va axloq standartlarini targ‘ib qilish, ta’lim tadbirlarini tashkil etish va moliyaviy savodxon investitsiya hamjamiyatini shakllantirishga ko‘maklashish.
03
Ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish
Investitsiyaviy faollikning o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash va O‘zbekistonning investorlar uchun jozibadorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarda ishtirok etish.
04
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni joriy etish
Xorijiy hamkor tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish, tajriba almashish va mamlakatning investitsiya sohasiga eng yaxshi xalqaro standartlar va texnologiyalarni joriy etish.
Assotsiatsiya a’zolari
Ijrochi organ
Irchayev Anvar Axrolovich
Investitsiya institutlarining milliy assotsiatsiyasi raisi
Boshqaruv raisi
Boshqaruvchi, tadbirkor, qimmatli qog‘ozlar bozori va rivojlanish strategiyasi bo‘yicha ekspert
Tugʻilgan sanasi: 1977-yil 10-oktyabr
Anvar Irchayev investitsiyalar, korporativ moliya va strategik boshqaruv sohasida katta xalqaro va mahalliy tajribaga ega.
Hasanov Temur
Bosh kotib
Temur Hasanov bank va moliya sohalarida tajribaga ega bo‘lib, xalqaro hisobotlar, valyuta bozoridagi operatsiyalar, loyihalarni boshqarish va chakana bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha malakaga ega.
Direktorlar kengashi
Xojayev Farrux Raximjanovich
Kapital-Depozit investitsiya kompaniyasi (“KAP DEPO”) asoschisi va bosh direktori
Investitsiya institutlarining milliy assotsiatsiyasi kuzatuv kengashi a’zosi.
Srapionov Karen
«Franklin Templeton» инвестициялар бўйича директор
Investitsiya institutlari milliy uyushmasi direktorlar kengashi a’zosi.
Tirkashov Mansur O‘tkirovich
Leader Finance Capital kompaniyasi bosh direktori
Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasi direktorlar kengashi raisi (2023-2025)
Tirkashev Mansur — moliya bozori sohasida tan olingan ekspert, O‘zbekiston kapital bozorini tartibga solish va rivojlantirishda chuqur professional tajribaga ega.
Sobirov Jo‘rabek
Freedom Broker bosh direktori
Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasi kuzatuv kengashi a’zosi
Joʻrabek Sobirov Investitsiya sohasidagi faoliyati 10 yildan ortiq boʻlib, ish qamrovi turli soha va geografik bozorlarga yetgan. 2018-yilda u «Freedom Broker» kompaniyasida yetakchi treyder sifatida ish boshlagan, 2021-yildan brokerlik xizmati bo‘limi boshlig‘i, 2023-yildan esa bosh direktor lavozimida ishlab kelmoqda.
Miryoqubov Sarvar
WHITEPAPER yuridik firmasining boshqaruvchi hamkori va hammuassisi
Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasi direktorlar kengashining mustaqil a’zosi
Miryoqubov Sarvar yuridik amaliyotda 20 yildan ortiq tajribaga ega. U bank, moliya va korporativ huquq, kapital bozorlarini tartibga solish va bankrotlik tartib-taomillari kabi huquq sohalariga ixtisoslashgan.
Yakubov Munir
Portfolio Investments kompaniyasining bosh direktori va asoschisi
Investitsiya institutlarining milliy assotsiatsiyasi direktorlar kengashi a’zosi
Munir Yakubov investitsiya va bank xizmatlari sohasida tan olingan ekspert bo‘lib, qoʻshilish va sotib olish (M&A), xususiylashtirish, IPO va korporativ moliya sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega. U O‘zbekistondagi bitimlarni tuzish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ixtisoslashgan yetakchi investitsiya-konsalting kompaniyalaridan biri Portfolio Investments asoschisi va bosh direktori hisoblanadi.
Shakirov Baxtiyor Tairovich
“Birinchi Banklararo Depozitariy” MCHJ bosh direktori
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya institutlarining milliy assotsiatsiyasi direktorlar kengashi a’zosi
Shakirov Baxtiyor Tairovich qimmatli qog‘ozlar bozori va investitsiya-bank xizmatlari sohasida 20 yildan ortiq ish tajribasiga ega. 2010-yildan buyon O‘zbekiston fond bozorida depozitar hisob, bitimlarni kuzatib borish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etuvchi «Birinchi Banklararo Depozitariy» MCHJ bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda.