Developerlar uchun kapital haqida
2024-yil 18-dekabr kuni “Kapital bozori vositalari orqali O‘zbekiston devloperlari va quruvchilari uchun investitsiyalar jalb qilish” mavzusida onlayn-seminar bo‘lib o‘tdi.
Investitsiya institutlarining milliy assotsiatsiyasi (NAII) hamda Commonwealth Partnership Uzbekistan hamkorligida professional hamjamiyat uchun muhim tadbir tashkil etildi. Seminarda turli sohalarning yetakchi mutaxassislari ishtirok etib, O‘zbekiston devloperlari va quruvchilari uchun investitsiyalar jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tadbirda quyidagi spikerlar ishtirok etdi:
• Baxodir Ataxanov — NAII raisi, professional mediator
• Andrey Paranich — Milliy moliyaviy rejalashtirish mutaxassislari assotsiatsiyasi direktori
• Ilya Slavin — “Satori” investitsiya kompaniyasi boshqaruvchi direktori (NAII a’zosi)
• Denis Sokolov — Commonwealth Partnership Uzbekistan hamkori va bosh direktori
• Nodir Yo‘ldoshev — “GRATA International” kompaniyasining qurilish amaliyoti bo‘yicha rahbari va hamkori
Mazkur seminar 2024-yil 8-noyabrda o‘tkazilgan “Rossiyalik va xalqaro devloperlar uchun O‘zbekiston bozori: hududiy kengayish amaliyoti” mavzusidagi vebinarning mantiqiy davomiga aylandi.
Ushbu vebinarda Baxodir Ataxanov, Denis Sokolov va Nodir Yo‘ldoshev bilan birga quyidagi mutaxassislar ham ishtirok etgan:
• Stanislav Ahmedzyanov — “IBC Global” kompaniyasi boshqaruvchi hamkori. U “O‘zbekistonda yer uchastkalari va loyihaviy moliyalashtirishni topishdagi qiyinchiliklar: rossiyalik quruvchining tajribasi” mavzusida taqdimot qildi.
• Nadejda Mikeshkina va Aleksandr Krivosheyev — “MRC-club” vakillari. Ular “GR va PR: Markaziy Osiyo bozorlariga chiqishdagi xususiyatlar va samarali vositalar” mavzusida ma’ruza qildi.
• Adilet Jusubaliev — “Birlikte” jamoat fondi direktori. U “PRdagi madaniyatlararo muloqotning o‘ziga xosliklari. O‘rta Osiyo hamda OAV oʻrtasidagi o‘zaro aloqaning asosiy jihatlari” mavzusida so‘z yuritdi.
Onlayn-seminarlarning moderatori: Ramon Morales, ko‘chmas mulk bozori bo‘yicha mustaqil ekspert.
Har ikkala tadbir professional doiralarda katta qiziqish uyg‘otdi va dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda tajriba almashish uchun samarali maydon vazifasini o‘tab berdi