Moody's O'zbekistonning kredit reytingi prognozini oshirdi
2025 yil 13 iyun kuni Moody’s xalqaro reyting agentligi O’zbekistonning suveren kredit reytingi bo’yicha prognozini «barqaror» dan «ijobiy»ga o’zgartirdi.
Reytingning o’zi Ba3 darajasida qoldi.
Bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va moliyaviy barqarorligiga bo’lgan ishonchning o’sishini aks ettiradi.