Skip to main content

INVESTITSIYA INSTITUTLARINING
MILLIY ASSOTSIATSIYASI

uz UZ
naiiuz.uz
Izlash...

O‘zbekistonda ilk ipoteka obligatsiyalari emissiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekiston tarixidagi ilk ipoteka obligatsiyalari emissiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Emissiya hajmi 40,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Emitent – UMRC SPV MChJ bo‘lib, obligatsiyalar ipoteka qoplami hamda O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi kafilligi bilan ta’minlangan.

Ipoteka obligatsiyalari avval berilgan ipoteka kreditlari portfeli asosida chiqariladi. Ularni joylashtirishdan jalb etilgan mablag‘lar yangi ipoteka kreditlarini moliyalashtirish va qayta moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bu banklarga kapitalni samaraliroq boshqarish hamda ipoteka kreditlash hajmini oshirish imkonini beradi.

Mazkur emissiya O‘zbekiston kapital bozori rivojidagi muhim qadam bo‘lib, investorlarga yangi turdagi qimmatli qog‘ozlarni taqdim etadi. Ko‘plab mamlakatlarda ipoteka obligatsiyalari uy-joy kreditlarini moliyalashtirishning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi.

    Написать нам