NAII va Toshkent fond birjasi uchrashuvi
2025-yil 23-may kuni Investitsiya institutlarining milliy uyushmasi (NAII) va Toshkent fond birjasi vakillari ishchi uchrashuvini o‘tkazdilar. Uchrashuvning asosiy mavzusi shaxsiy investitsiya hisobvarag‘ini (SHIH) ochish va undagi mablag‘larni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomni muhokama qilish bo‘ldi.
Uchrashuv davomida tomonlar hujjatning SHIH ochish tartibini soddalashtirish, shaffoflikni oshirish va xususiy investorlar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan asosiy qoidalarini muhokama etdilar.
SHIHga yangicha yondashuv O‘zbekistonda investitsiya muhitini rivojlantirishda olg‘a tashlangan qadamdir.