Milliy Investitsiya Institutlari Assotsiatsiyasi 2021-yil 16-yanvarda tashkil etilgan.
So‘nggi besh yil davomida Milliy Investitsiya Institutlari Assotsiatsiyasi investitsiya muhitini yaxshilash, investitsiya institutlari va biznes hamjamiyati o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda O‘zbekiston Respublikasining barqaror iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshirib kelmoqda.
Assotsiatsiya investorlar, moliyaviy institutlar va tadbirkorlar o‘rtasida muloqot uchun professional platforma bo‘lib xizmat qiladi, qulay investitsiya muhitini shakllantirishga hamda kapital jalb etish imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashadi.
Bugungi kunda Milliy Investitsiya Institutlari Assotsiatsiyasi investitsiya bozorining asosiy ishtirokchilarini birlashtirgan holda faol rivojlanishda davom etmoqda va investitsiyalar sohasida ilg‘or tajribalarni joriy etishga hissa qo‘shmoqda.